Yaxshi ertaga”: Barqaror rivojlanish prinsiplari UZBAT biznesining diqqat markazida

Yaxshi ertaga”: Barqaror rivojlanish prinsiplari UZBAT biznesining diqqat markazida
ESG kun tartibi BAT kompaniyasining global strategiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘ladi - A Better Tomorrow (“Yaxshi ertaga”). Kompaniya nafaqat atrof-muhitni himoya qilish va resurslarni oqilona ishlatishga diqqat qaratadi, balki mahalliy jamoalar rivojiga hissa qo‘shishga ham intiladi, ijtimoiy mas’uliyatni barcha darajalarda mustahkamlashga harakat qiladi.

Ekologik mas’uliyat va resurslardan oqilona foydalanish

UZBATning 2024 yildagi muhim yutug‘i – IREC xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikatini olishdir, bu kompaniyaning 100 % qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga o‘tishini tasdiqlaydi. Ushbu jarayon Energetika vazirligi va Uzbekgidroenergo bilan hamkorlikda boshlangan bo‘lib, kompaniyaning karbon chiqarilishini kamaytirish va ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks strategiyasining bir qismiga aylangan.

Kompaniya shuningdek, 2022 yilda olgan Zero Waste to Landfill maqomi bilan faxrlanadi. O’sha vaqtdan buyon Samarqand fabrikasi chiqindilarni to’liq poligonlarga tashlashni to’xtatib, ularni piroliz usuli bilan qayta ishlayapti. Bu nafaqat CO2 chiqindilarini kamaytiradi, balki issiqxonalarda foydalanish uchun ekologik toza yoqilg’ini yaratishga yordam beradi. 2023 yilda bu maqom Urgut filiali uchun joriy etildi, 2024 yilda esa Toshkent ofisida qo’llanilib, UZBATning barcha obyektlarida Zero Waste to Landfill prinsipining to’liq amalga oshirilishini anglatadi.

2022 yildan boshlab Allianz for Water Stewardship xalqaro standartini joriy etish kompaniyaga suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishga va sertifikatlash doirasida o’z majburiyatlarini tasdiqlashga yordam berdi, har yili inspeksiya auditlaridan o’tib turibdi.

Jamiyatni rivojlantirishga qo’shgan hissa

Kompaniya har yili 4 milliard so’mdan ortiq miqdorda mablag’ni turli ijtimoiy loyihalarga sarflaydi, ular mahalliy aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ayniqsa, Samarqand va Urgut tumanlaridagi hududlar faol qo’llab-quvvatlanadi, chunki kompaniya ish boshlaganidan buyon ushbu hududlarda 200 dan ortiq ijtimoiy loyiha amalga oshirildi.

2007 yildan boshlab kompaniya Urgut tumanida artezian quduqlarini tiklash ishlarini amalga oshirib, 70 mingdan ortiq kishini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Joriy yilda Urgut tumanidagi “Sufi” va “Gaybata” mahallalarida 3,4 ming aholi istiqomat qiladigan artezian quduqlarining ta’mirlash ishlari yakunlandi.

2014 yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Irrigatsiya” loyihasi doirasida kompaniya fermerlarga irrigatsiya tizimlarini tiklashda yordam bermoqda, bu esa 2050 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish imkonini yaratmoqda.

Muhim loyihalardan biri quyosh panellarini nafaqat ishlab chiqarish va ofis hududlarida, balki qishloq vrachlik punktlarida o‘rnatishdir. Bu esa tibbiy asbob-uskunalar uchun uzluksiz energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yaxshilashga imkon beradi. 2012-yildan boshlab quyosh modullari Samarqand viloyatining bir qator vrachlik punktlarida o‘rnatilib, olis hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Tabiatga e’tibor va biologik xilma-xillikni saqlash.

UZBAT ekologik loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan, Zarafshon davlat qo‘riqxonasida biologik xilma-xillikni saqlash, noyob hayvon turlarining, masalan, Buxoro bug‘usi va Zarafshon fazanining populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, UZBAT har yili qo‘riqxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslarni taqdim etadi, bu esa mintaqaning noyob ekotizimini saqlab qolishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, kompaniya xodimlari daraxt ekish tadbirlarida ishtirok etadilar.

Zarafshon qo‘riqxonasini qo‘llab-quvvatlash loyihasi AmCham, AQSh, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonning 120 dan ortiq kompaniyasini birlashtiruvchi xalqaro biznes assotsiatsiyasi tomonidan CSR Award 2024 mukofoti bilan taqdirlandi. Bu kompaniyaning ijtimoiy faolligi mamlakat uchun qanchalik muhim ekanini ta’kidlaydi.

UZBAT “Eng yaxshi ertangi kun” uchun sarmoya kiritishni davom ettiradi va barqaror rivojlanish nafaqat mas’uliyat, balki kompaniya va jamiyat uchun umumiy ravnaq kaliti ekaniga ishonadi.