Maqsad va vazifalar

1. Uyushmaning maqsadlari va vazifalari

2.1 Uyushmaning tuzilishi va faoliyati maqsadlari –

  • Uyushma a’zolarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
  • Uyushma a’zolarining mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish.

2.2. Uyushmaning vazifalari –

  • tamaki sanoati korhonalarida ishlab chiqarish hajmlarini ko’paiytirish va yangi ish o’rinlari tuzish;
  • tamaki sanoatini maxlliylashtirishni yanada rivojlantirish;
  • tamaki xom ashyosi komponentlarini, materiallarni va tayor maxsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga yordam berish;
  • ishlab chiqariladigan maxsulot sifatini oshirish va turlarini kengaytirish;
  • qishloq xo’jaligida innovasiyalarni rivojlantirish yoli bilan tamaki yangi turlarini va navlarini seleksiyasi bo’yicha tadbirlarda yordam berish.

2.3. Uyushma daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni (foydani) bironta shaxslar o’rtasida taqsimlamaydi.

2.4. Uyushma o’zining ustavida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o’z maqsadlari va faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatadi.

2.5. Uyushma O’zbekiston Respublikasi qonunlariga va o’z Ustaviga muvofiq xalqaro nohuqumat birlashmalariga qo’shilishi, bevosita xalqaro aloqalar o’rnatishi, tegishli bitimlar tuzishi mumkin.

3. Uyushmaning faoliyati predmeti

3.1. Uyushma faoliyatining predmeti quyidagidir:

3.1.1. Uyushma a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish;

3.1.2. Uyushma a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotilgan tovarlarni ichki va tashqi bozorining marketing tadqiqotlarini o’tkazish, xalqaro ilg’or tajribasini hisobga olgan holda, tamaki tarmog’ini rivojlantirishning o’rta va uzoq muddatli dasturlarini yaratishda va joriy etishda qatnashish;

3.1.3. Uyushma a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotilgan tovarlarni raqobatbardoshliligini ta’minlash, eksport hajmlari kengaytirishni va ichki bozori qondirilishni qo’llab – quvvatlash, xorijiy investisiylar jalb etilishi bo’yicha tadbirlarni amalga o’shirish.

3.1.4. Xalqaro ilgor tajribasini o’rganish, Uyushma a’zolariga ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilishda va qayta jihozlashda uslubiy yordam berish va texnik ko’mak ko’rsatish;

3.1.5. Uyushma a’zolariga ishlab chiqariladigan va sotilgan tovarlarni standartlashtirishda va sertifikatlashtirishda, jahonda qabul qilingan mahsulot sifati baholash tizimini joriy etishda yordam berish;

3.1.6. integrasiyaning bozor shakllarni rivojlantirishi, Uyushma a’zolari bo’lgan korxonalarda ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo’lgan yangi mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni joriy etish, ularni xalqaro bozorlarga chiqishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda yordam berish;

3.1.7. Uyushma a’zolari bo’lgan korxonalar o’rtasida munosabatlarini rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga o’shirish.

3.1.8. yangi axborot texnologiyalarni o’rganish va joriy etish, Uyushma a’zolari bo’lgan korxonalarga ushbu texnologiyalarni xarid qilishda va joriy etishda yordam berish;

3.1.9. O’zbekiston Respublikasi tamaki sanotining holati va rivojlanishi bilan bog’lik bo’lgan dolzarb masalalari muhokama qilish uchun konferensiyalarni, simpoziumlarni, forumlarni va boshqa uchrashuvlarni tashkil etish va o’tkazish, shiningdek ushbu tadbirlarda qatnashish;

3.1.10. Uyushma a’zolariga ishlab chiqarishning samaradorligini va ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini oshirishda ko’mak ko’rsatish;

3.1.11. tamaki mahsuloti va uning komponentlarini ishlab chiqarishni va muomalada bo’lishini tartibga solish sohasidagi normative-huqyqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha tadbirlarda qatnashish, manfaatdor tuzilmalar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlash va ularni tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kiritish;

3.1.12. mahalliy va horijiy tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, tamaki sanoati uchun asbob-uskunani ishlab chiqaruvchilar, tamaki sanoati uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xo’jalik aloqalarni rivojlantirishda va mustahkamlashda ko’mak ko’rsatish;

3.1.13. davlat va nodavlat muassalari va tashkilotlari tomonidan tamaki mahsulotlari, shu bilan bogliq bo’lgan xomashyo va materiallarning zamonaviy rivojlangan bozorni shakllantirish, halol bo’lmagan raqobatga qarshi kurashish bo’yicha tadbirlarni o’tkazishda ko’mak ko’rsatish;

3.1.14. tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning va sotishning barcha masalalari bo’yicha Uyushma a’zolarining kelishilgan pozisiaysini shakllantirish;

3.1.15. Uyushma a’zolari bo’lgan korxonalarning xodimlari malakasini oshirish yuzasidan tadbirlar tashqil qilish va amalga oshirish;

3.1.16. xayriya faoliyati;

3.1.17. tashqi iqtisodiy faoliyat;

3.1.18. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyati turlari;

3.2. Qonun hujjatlarida belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan Uyushma faqat tegishli lisenziyalar asosida shugullanishi mumkin.

So'nggi press-relizlar, yangiliklar va imkoniyatlar

08.03.2025

Божхона қўмитаси 9,3 млрд сўмлик ноқонуний тамаки маҳсулотларини йўқ қилди

Божхона ходимлари томонидан ноқонуний муомаладан олиб қўйилган 132 минг қути тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди.  

Keyingi o'qish
Фото: Тошкентда 132 минг қутидан зиёд тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди

07.03.2025

Фото: Тошкентда 132 минг қутидан зиёд тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди

Тошкент шаҳрининг Янгиҳаёт туманидаги заводлардан бирида 6 март куни божхона органлари томонидан ноқонуний муомаладан олиб қўйилган 132 180 қути тамаки маҳсулотлари йўқ қилинди. 

Keyingi o'qish
“Ўзбекистонда 2,5 млндан ортиқ аҳоли нос истеъмол қилади, улар орасида болалар ҳам бор” — экспертлар

12.02.2025

“Ўзбекистонда 2,5 млндан ортиқ аҳоли нос истеъмол қилади, улар орасида болалар ҳам бор” — экспертлар

Ўзбекистонда электрон сигаретларни тақиқлаш тўғрисидаги қонун лойиҳаси муҳокама қилинаётган бир пайтда, мамлакатда анча оммабоп бўлган нос маҳсулотига нисбатан ҳамон ечим топилмаган.

Keyingi o'qish
Tamaki sanoatining tutunsiz kelajagi. Filip Morris 15 yildan keyin baʼzi mamlakatlarda sigaretasiz hayot vaʼda qilmoqda

27.12.2024

Tamaki sanoatining tutunsiz kelajagi. Filip Morris 15 yildan keyin baʼzi mamlakatlarda sigaretasiz hayot vaʼda qilmoqda

2024-yil 27-dekabr, 18:53 1119 O’zbekiston, Toshkent - Podrobno.uz. Fanlar akademiyasi Tamaki sanoati sezilarli oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda va eng koʻp muhokama qilinadigan...

Keyingi o'qish