Tartibga solishga qaratilgan e’tibor: nega tamaki mahsulotlarini taqiqlash samarasiz bo‘lmoqda 2024-yil 7-dekabr, 15:14 | 3276

Yangi Zelandiya tajribasi samarali tartibga solishning qanday foyda keltirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ilgari mamlakat ma’lum yosh guruhlari uchun sigaretlarni to‘liq taqiqlashga harakat qilgan edi, biroq 2023-yilda ushbu qonun loyihasidan voz kechib, soliq yengilliklari va manfaatlar muvozanatiga urg‘u qaratdi. Buyuk Britaniyada esa bir martalik veyplarni to‘liq taqiqlash 2025-yil 1-iyundan kuchga kirishi kutilmoqda. Ammo zarar kamaytirish bo‘yicha mutaxassislar bu chorani “katastrofa” deb atashmoqda, chunki bu chekuvchilarning kamroq zararli alternativalarga o‘tishini qiyinlashtiradi va yashirin bozor o‘sishini kuchaytiradi. Shu kabi xavotirlar Qirg‘izistonda ham bildirilmoqda, bu yerda 2024-yil iyun oyida elektron sigaretlarni taqiqlash qonuni qabul qilinib, u 2025-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Qozog‘iston esa elektron sigaretlarni to‘liq taqiqlab bo‘lgan, ammo mutaxassislar bunday taqiq sifatsiz mahsulotlar nazoratining pasayishi va yashirin savdoning kuchayishiga olib kelishini ta’kidlamoqda.
O‘zbekistonda vaziyat tartibga solinmagan nasvoy bozori tufayli yanada murakkablashmoqda. Ushbu mahsulot tarkibida qo‘rg‘oshin, kadmiy va mishyak kabi toksik moddalar mavjud bo‘lib, ular aholi salomatligiga zarar yetkazadi. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutining ma’lumotlariga ko‘ra, nasvoy bozori hajmi yiliga taxminan 5 ming tonnani tashkil etadi. Ammo nazoratning yo‘qligi tufayli 1,5 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari yo‘qotilmoqda. Shu bilan birga, tartibga solinadigan mahsulotlarga aktsiz solig‘ini joriy qilish islohotlarning birinchi yilidayoq byudjetga sezilarli daromad keltirishi mumkin edi.
Byudjet tushumlari masalasi ayniqsa, 2025-yilda 55 trillion so‘m miqdorida kutilayotgan byudjet taqchilligi sharoitida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Moliya vazirligi elektron sigaretlarga aktsiz stavkasini oshirishni g‘aznani to‘ldirishning bir usuli sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu qaror, agar bozor qonuniy maydonda qolsa, ushbu mahsulotdan tushadigan soliq byudjetdagi moliyaviy bo‘shliqni qisman qisqartiradi, degan taxminni o‘z ichiga oladi.
Yashirin bozor kamroq zararli mahsulotlar, masalan, elektron sigaretlarni taqiqlashning to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijasi bo‘lmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining prognozlariga ko‘ra, taqiq joriy qilinganda foydalanuvchilarning 38 foizigacha bo‘lgan qismi noqonuniy mahsulotlarga o‘tadi, taxminan 28 foizi esa sog‘liq uchun ko‘proq zararli bo‘lgan an’anaviy sigaretlarga qaytadi. Bu boshqa davlatlar misolida tasdiqlanmoqda: Meksikada veyplarga taqiq samarasizligi va yashirin bozor o‘sishi tufayli konstitutsiyaga zid deb topildi, Avstraliyada esa qattiq qonunchilik joriy etilgandan so‘ng noqonuniy savdo misli ko‘rilmagan darajaga yetdi.
Elektron sigaret va veyplarni to‘liq taqiqlash mamlakatimizda ham samarasiz bo‘lishi mumkin: bu foydalanuvchilarning faqat to‘rtdan bir qismiga ta’sir qiladi, qolganlari esa yashirin bozordagi mahsulotlarga yoki sanoat ishlab chiqarishidagi ko‘proq zararli sigaretlarga murojaat qiladi, bu esa sog‘liq uchun xavflarni oshiradi. Qonuniy mahsulotlarning mavjudligi kamayishi, narxlarning oshishi va noqonuniy alternativalarning ko‘payishi ularning yoshlar uchun kirish imkoniyatini kengaytirishi mumkin, bu esa taqiqning dastlabki maqsadlariga ziddir.
Davlat siyosati tamaki mahsulotlari bilan bog‘liq ravishda nafaqat xorijiy davlatlar tajribasini, balki milliy bozorning xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak. Taqiqdan voz kechib, tartibga solish tomon harakat qilish – bu jamoat salomatligini yaxshilash, yashirin bozorni qisqartirish va byudjet daromadlarini oshirishga qaratilgan qadamdir. O‘zbekiston iqtisodiyot va fuqarolar salomatligi manfaatlariga xizmat qiladigan puxta yondashuvni namoyish qilish uchun noyob imkoniyatga ega.